
O'zbekistonda ishlab chiqarilgan
Poyabzal tagligi —
to'g'ridan-to'g'ri zavoddan
EVA, kauchuk, poliuretan. Modelingizni yuboring — narx va muddatni aytamiz.
— Mahsulotlar
Uch material — bitta zavod
Qolip, qattiqlik va rangni modelingizga qarab moslashtiramiz.
Katalogni ko‘rish
EVA
Yengil sport tagliklari
Yuqori amortizatsiya, past zichlik. Yugurish, sneaker va kundalik poyabzal uchun.

Kauchuk
Chidamli kauchuk taglik
Ishqalanishga yuqori qarshilik, sirpanmaydigan protektor. Klassik, tufli va botinkalar uchun.

Poliuretan
Yengil PU platformalar
Ayollar poyabzali va platforma modellari uchun yengil, shaklini yo'qotmaydigan taglik.

OEM / Buyurtma bo'yicha
Qolip bizda ham bor, sizniki bilan ham ishlaymiz
Tayyor qoliplarimiz bor — ulardan birini tanlashingiz mumkin. O'z qolipingiz bo'lsa, o'shanda quyib beramiz. Kerakli model uchun qolip bo'lmasa — yasatib, keyin quyamiz. Material, qattiqlik va rangni model konstruksiyangizga qarab birga tanlaymiz.
Narx so‘rash— Texnologiya
Aralashmadan qadoqqacha — 6 qadam
Aralashtirish
Retsept bo'yicha, valik tegirmonlarida.
Qolip
Sizniki bo'ladi yoki biz yasatib beramiz.
Press va vulkanizatsiya
Harorat va vaqt nazorat ostida.
Kesish va pardozlash
Chetlari toza, yuzasi yelimga tayyor.
Sifat nazorati
Har partiyada o'lcham, qattiqlik, rang.
Qadoqlash
O'lchamlar bo'yicha saralab jo'natamiz.
— Ishlab chiqarish
Barcha bosqich —
bitta zavodda
Aralashtirish, press, pardoz va qadoqlash shu yerda. Hajm va muddatni buyurtmangizga qarab kelishamiz.
Narx so‘rash



Taglik — poyabzalning eng ko'p sinaladigan qismi. Retsept ham, nazorat ham zavod ichida qoladi.
Grand Sole ishlab chiqarish bo'limi
— Sifat
Nega bizni tanlashadi
Barqaror partiya
Rang va qattiqlik partiyadan partiyaga o'zgarmaydi.
Qolipda moslashuvchanlik
O'zingizniki bilan ishlaymiz yoki yasatib beramiz.
Mahalliy zavod
Importni kutish va bojxonasiz.
Texnik yordam
Material va qattiqlikni birga tanlaymiz.




Aloqa
Raqamingizni qoldiring — narxni aytamiz
Ism va raqamni qoldiring — material, razmer va hajmni telefonda aniqlashtiramiz.